

Oldinroq Klishi ortiqcha vaznga ega bo'lgan futbolchilar umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmayotganini aytgan edi.
"Hech kimda ortiqcha vazn yo'q, ammo barcha futbolchilarimga yaxshi jismoniy tayyorgarlik kerak. Vazn juda muhim: Biz maydonda yugurishimiz, sakrashimiz, to'p uchun kurashishimiz lozim. O'yinlar esa har uch kunda bo'ladi. Jismoniy tayyorgarlik yaxshi bo'lmasa jarohatlar paydo bo'ladi" - deydi Gvardiola.



