

"Juda kuchli raqib. Joriy mavsumda "Brentford" qayerda o'ynamasin o'zini bir necha marta ko'rsatdi. O'yin fazalari o'rtasidagi o'tishlar, standart vaziyatlar, autlar… O'yinning dastlabki daqiqalarida bizga qiyin bo'ldi, lekin keyin juda yaxshi o'yin o'tkazdik, ayniqsa birinchi taymda chap qanotda. Ikkinchi taymda esa ikki qanotda ham yaxshi o'ynadik.
Jeremi Doku ko'p jihatdan ajoyib o'yinchi. Ikkinchi taymda biz jarima maydoniga ko'proq o'yinchi yubordik. Shuning uchun birinchi taymda gol urish qiyin bo'ldi. Oxirida biz ajoyib natijaga erishdik va o'z yo'limizni davom ettirdik", - dedi Gvardiola Sky Sports nashriga.



