Gvardiola Foden haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
22 apr 2021
“Man Siti” ustozi Pep Gvardiola shogirdi Fil Fodenni maqtadi.

20 yoshli ingliz APL doirasida kecha o'tgan “Aston Villa”ga qarshi o'yinda gol urdi.

“Bu yigit ulg'ayib bormoqda. Uning o'yinimzga ta’siri juda yuqori. U jiddiy o'yinchiga aylanmoqda. Filip allaqachon biz uchun juda muhim futbolchiga aylangan. U hujumdagi o'yinimzga yuqori ta’sir o'tkazadi”, deydi Gvardiola.

Foden joriy mavsum Angliya chempionatida 25 o'yinda qatnashib, 7+5 natija ko'rsatdi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports