Gvardiola: "Bu shunchaki oson va oddiy ish bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola qishki transferlar oynasi vaqtida jamoaga yangi futbolchilar jalb qilinishi ehtimoli haqida gapirdi.

"Bu haqda biror nima deyish qiyin. Shuni bilamanki, bu shunchaki oddiy va oson bo'lmaydi. Balki kimlarnidir tarkibga jalb qilarmiz, balki, hech kimni olib kelmasmiz. Klub istalgan holatga tayyor bo'lishi kerak. Hozir tarkibimizda jarohatlanganlar ko'p, tarkibni kuchaytirishimiz kerak. Biroq bu amalga oshadimi, bilmayman", - dedi Gvardiola.

"Shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini ertaga "Vest Xem"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal