"Guliston" klubi yangi mavsumga tayyorlanmoqda

Narzulla Saydullayev
13 fev 2026
Birinchi liga ishtirokchisi “Guliston” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Abbos Ergashev murabbiyligidagi jamoa o'z qarorgohida ikki mahaldan shug'ullanmoqda. Yaqin kunlarda Pro liga ishtirokchilari “Aral” va “Lochin” jamoalari bilan nazorat uchrashuvilari tashkil etiladi.

Kuni kecha klub qarorgohida yig'ilish o'tkazildi. Unda jamoadagi shart-sharoitlari o'rganildi va murabbiy hamda futbolchilar bilan fikr almashildi.

“Guliston” Ixtiyor Toshpo'latov, Shahzodbek G'ofurbekov, Muhammad Isaev, Azamat Ahmedov kabi tajribali o'yinchilar bilan kelishuvga erishgan.


"Guliston" futbol klubi matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia