"Guanchjou Evergrand" Kalinichga qiziqmoqda, "Milan" uni 45 mln. evroga sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2017
"Milan" hujumchisi Nikola Kalinich qishki transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

29 yoshili xorvatga Xitoyning "Guanjou Evergrand" klubi qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi Kalinich transferidan 45 mln. evro olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Kalinich joriy yilning avgustida 25 mln. evro evaziga "Fiorentina"dan "Milan"ga o'tgan edi.

Joriy mavsum xorvat A Seriyada 15ta uchrashuv o'tkazib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia