Gruziya chempionatining eng yaxshi himoyachisi faoliyatini Superligada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
23 noya 2025
"Iberiya" markaziy himoyachisi Giorgi Jgerenaya O'zbekiston jamoasi safini to'ldirishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

"Gruziya chempionating eng yaxshi himoyachisi bo'lib turgan Giorgi Jgerenayaga Superliganing 2 klubidan qiziqish bor, 99% ushbu himoyachi yangi mavsumni Superligamizda boshlaydi. 

O'tgan yili bu himoyachiga "Andijon" va "Paxtakor"dan tashqari "Neftchi" ham qiziqqan va hattoki sotib olmoqchi ham bo'lgan, ammo "Iberiya" klubi uni sotmagan edi", – deyiladi xabarda.

31 yoshli Jgerenaya joriy mavsum "Iberiya" tarkibida 33 o'yinda ishtirok etdi. Transfermarkt portali uni 200 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia