Angliyaning "Xall Siti" jamoasi transfer oynasi yopilgunga qadar Fransiyaning "Renn" klubidan polshalik yarim himoyachi Kamil Grosickini sotib olishga ulgurdi.
Bu haqda klubning tvitterdagi rasmiy sahifasi ma'lum qildi. 28 yoshli futbolchi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolandi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Grosicki "Renn" tarkibida 18ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urdi va uchta golli pas berdi.