

Bugun Madrid klubi YCHL yarim finalining javob uchrashuvida "Arsenal"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi (ilk o'yin – 1:1) va mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo'ldi. 35 yoshli francuz yozda MLSning "Orlando Siti" jamoasi a'zosiga aylanadi.
Antuan 2009 yildan 2014 yilgacha "Real Sosedad" sharafini himoya qilgan va yuqori darajadagi sovrinlarga ega chiqmagan (2009/10 yilgi mavsumda Segundada g'olib bo'lgan).
"Atletiko" safida Antuan 2014-2019 va 2021-2026 yillar davomida to'p tepdi. Ushbu davr ichida u Yevropa Ligasi (2017/18), Ispaniya Superkubogi (2014) va UEFA Superkubogi (2018) sohibiga aylandi.
2019 yildan 2021 yilgacha futbolchi "Barselona" sharafini himoya qildi (keyingi ikki mavsumni yana "Atletiko"da ijarada o'tkazdi) va kataloniyaliklar bilan faqat bitta sovrin - Ispaniya Kubogini (2020/21) qo'lga kiritdi.
Fransiya terma jamoasi tarkibida esa Grizmann 2018 yilgi Jahon chempioni va 2020/21 yilgi Millatlar Ligasi g'olibi bo'lgan.



