Grigoriy Kolosovskiy: "O'tkazilgan gollarda kimnidir ayblash noto'g'ri"

Narzulla Saydullayev
31 mar 2017, 19:25
"Mashal" - "Paxtakor" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Grigoriy Kolosovskiy o'z fikrlarini bildirdi.

"0:3 hisobida mag'lub bo'ldik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymda biroz yaxshi o'ynadik, ammo birinchi o'tkazilgan goldan so'ng hech nima o'xshamadi.

O'tkazilgan gollarda kimnidir ayblash noto'g'ri. Butun jamoa mag'lub bo'ldi.

Igor Sergeev jarohat oldi va uni almashtirishga majbur bo'ldik.

"Mashal" o'z uyida juda yaxshi o'ynaydi. Ular orasidan darvozabonni alohida takidlash mumkin bo'lsa kerak. Umuman olganda butun jamoa istak bilan o'ynab g'alaba qozondi", - deydi Grigoriy Kolosovskiy.

"Mashal" matbuot xizmati




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia