Grigoriy Kolosovskiy: “Harakatlarimiz “Paxtakor” bilan o'yindagidan katta farq qildi”

Alisher
27 sen 2024, 20:01
Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “Metallurg” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Vaziyatlardan foydalana olmadik.  Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq yakuniy zarbalarga aniqlik yetishmadi. Birgina gol o'yin taqdirini hal qildi. Harakatlarimiz “Paxtakor” bilan o'yindagidan katta farq qildi. Natija biz uchun juda yomon.

- Murabbiylar shtabidan Nozimjon Esonovga qizil kartochka ko'rsatildi. Bu holatga munosabatingiz qanday?

- Bu albatta o'yin vaziyatidagi emociya bilan bog'liq. Qilgan mehnatlaringiz natija keltirmayotgan vaqtda asabiylik kuzatiladi. Mening fikrimcha shunday, o'yin haroratidagi emociya sabab shu holat yuzaga keldi.

- Abdumajidovning holati qanday? U qancha muddatga safdan chiqdi?

- Ha, u jarohat oldi. Kurash vaziyatida jarohat oldi. Tibbiy ko'rikdan so'ng uning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ladi.

- O'yin davomida Davron Hoshimovning qanotida ko'p xatoliklar kuzatildi. Tarkibda uning o'rnini to'ldira oladigan futbolchi bormi?

- Hoshimov tajribali futbolchi. U vaziyatlarda oxirigacha ishlaydi. Futbolchi uchun omadsiz o'yinlar bo'ladi.

- Shahzodbek Nematjonov ishonchni oqlayaptimi?

- Uning harakatlari yomonmas. Birinchi bo'limda ozroq xatoliklarga yo'l qo'ydi, qarshi hujumlarda aniq harakat qila olmadi. U yosh futbolchi va o'yinlar davomida tajriba to'plab boradi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia