Gretsiya termasi futbolchilari bosh murabbiy iste'foga chiqishini istashmoqda

Mirjalol Normatov
13 iyun 2019
Gretsiya termasi futbolchilari Kostas Manolas va Sokratis Papastatopulos terma bosh murabbiyi Angelos Anastasiadisning iste'fosini talab qilishmoqda.

"Gazzetta.gr" xabariga ko'ra, ushbu futbolchilar mamlakat futbol federatsiyasi prezidentining oldiga borishgan va termani yoki ular yoki bosh murabbiy tark etishi kerakligini aytishgan.

Qayd etilishicha, greklarning Armanistondan (2:3) uchralgan mag'lubiyatidan keyin terma kiyinish xonasida bosh murabbiy hamda Vasilis Torosidis o'rtasida katta janjal yuzaga kelgan. Yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar esa Torosidisning yonini olishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta.gr

O'xshash yangiliklar