Golovinni tarbiyalagan futbol maktabi Aleksandr transferidan bir rubl ham olmabdi. Sababi esa juda g'alati

Aslanov Jasurbek
12 fev 2020
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning SSKAdan "Monako"ga o'tishi uchun to'langan transfer pulining bir qismi futbolchi tahsil olgan akademiya (futbol maktabi) hisobiga o'tkazilishi kerak edi.

9 fevral kuni Sport Connect konfereciyasida "Monako" sobiq prezidenti Vadim Vasilevdan bu haqida so'rashmaganida hech kim amalga oshmagan to'lov haqida bilmagan bo'lardi. Ammo bu safar emas.


Vasilevning aytishicha, "Monako" barcha to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshiradi

Konfereciyada futbol menejeri Ilya Shteblov Vasilevdan "Golovinni tarbiyalagan Kaltandagi futbol maktabi o'z pulini oldimi?" deya savol berdi. Sobiq prezident bundan bexabarligini aytib, barchasini aniqlashga vada berdi. "Monako" doimo barcha to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirgan, xatto futbol maktablarinikini ham. Bu savolga borasida albatta ma'lumot olaman".


"Monako" BO'SM (bolalar va o'smirlar sport maktabi)ga xabar yuborgan, ammo u erdagilar buni hazil deb o'ylashgan

"Monako" departamenti huquqshunosi 2018 yilning 21 avgustida (Golovin transferi iyulda amalga oshgan, Vasilev esa klubni 2019 yilning fevralida tark etgan) "Osinniki" BO'SMga xabar yuborib, Aleksandr uchun to'lovni amalga oshirish maqsadida hisob raqamni taqdim etishni so'ragan.


Xabar maktabga yetib kelgan, ammo ular fransiyaliklarga javob qaytarishmagan ekan. Sabab juda g'alati. "Gap juda katta pullar haqida ketayotgan edi, Golovinga esa buncha pul sarflamaganmiz. Xabarda yozilgan pulni so'rash juda noqulay bo'ldi. Avvaliga bu hazil deb o'ylabman" - deydi "Osinniki" BO'SM direktori Galina Rudolf.


Aslida maktabga transferning 1,01%, yani 303 ming evro o'tkazilishi kerak edi. Foiz reglamengta asosan hisoblanadi: 10 yoshdan 15 yoshgacha - 0,25%dan, 16dan 23 yoshgacha - 0,5%dan. Futbolchining so'nggi klubiga bu turdagi mablag' to'lanmaydi.


Katlandagi maktab maxsus to'lovdan quruq qolishi mumkin

To'lovlar futbolchi pasportidagi ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi: O'sha guvoxnomaga o'yinchining 10 yoshdan keyin o'qigan maktab va akademiyalari yoziladi. Avvallari bu hujjat 12 yoshdan berilgan, shu sababli Golovin pasportida Katlandagi maktab yo'q, faqat "Osinniki" futbol maktabi mavjud.


Pullar qanday taqsimlanishi - katta muammo

"Golovin tahsil olgan barcha futbol maktablari haqida ma'lumot olishimiz lozim. FIFA qoidalariga ko'ra, Kaltandagi maktab futbolchining pasportida yo'q. Ushbu talim maskani futbol subektimi, yo'qmi, buni ham aniqlashtirish lozim. RFI maslahatlashuvidan so'ng, bu pullar Golovin o'sgan maskandagi futbol infratuzilmasini rivojlantirish uchun sarflanishi mumkin. Aleksandrni tarbiyalagan murabbiylarga ham to'lov amalga oshirish ehtimoli ham bor" - deydi RFI bosh kotibi o'rinbosari Denis Rogachev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com

O'xshash yangiliklar