"Golden Boy" mukofotiga nomzodlar ro'yxatida 20 nafar o'yinchi qoldi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2021
Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun "Golden Boy" mukofotiga davogarlar ro'yxati ma'lum qilindi.

Sovrin har yili 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga beriladi. Shu bilan birga, mukofotga faqat Yevropa chempionatlaridan birining yuqori divizionida o'ynaydigan futbolchilar nomzod bo'lishi mumkin.

O'tgan yili Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland ushub sovrinni qo'lga kiritgan.

Nomzodlar ro'yxati quyidagicha:

Eduardu Kamavinga (Real); Bukayo Saka (Arsenal); Djud Bellingem (Borussiya D); Meyson Grinvud (Manchester Yunayted); Djamal Musiala (Bavariya); Djovanni Reyna (Borussiya D); Gavi (Barselona); Brayan Xil (Tottenxem); Karim David Adeyemi (RB Zalcburg); Rayan Gravenberx (Ayaks); Daniel Maldini (Milan); Florian Virc (Bayer); Vilyam Saliba (Marsel); Rodrigo (Real); Roberto Pikkoli (Atalanta); Pedri (Barselona); Nunu Mendesh (PSJ); Yeremi Xesus Pino (Vilyarreal); Yurrien Timber (Ayaks); Sharl de Katelare (Bryugge).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport