“Golden Boy-2020”ni qo'lga kiritgan Xoland asosiy ikki orzusini aytdi

Eldor Akmurzayev
15 dek 2020
“Borussiya D” forvardi Erling Xoland joriy yil yakunlariga ko'ra, eng yaxshi futbolchi sifatida “Golden Boy” mukofotini loyiq ko'rildi.

“Borussiya D”da baxtliman. Favr bilan ajoyib yilni o'tkazdim va unga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. “Oltin to'p” va Chempionlar Ligasini yutishni orzu qilmoqdaman, ammo “Golden Boy” mukofoti bilan taqdirlanganimdan ham xursandman”, deydi Xoland.

21 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesluigada 8 o'yinda qatnashib, 10+2 natija ko'rsatmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua