"Gol urishga va jamoamga yordam berishga juda o'chman". AGMKning niderlandiyalik topilmasi Elvin Fortesning "Nasaf" bilan o'yindan keyingi fikrlari

Aslanov Jasurbek
15 mar 2021
Olmaliqning AGMK jamoasi kecha Superliganing ikkinchi turida Qarshida "Nasaf" bilan kuch sinashdi.

Kurashlarga boy kechgan o'yinda niderlandiyalik futbolchi Elvin Fortesning 84-daqiqada urgan goli olmaliqliklarga yakunda bir ochko taqdim etdi. Biz esa mazkur uchrashuvdan so'ng Fortes saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Nasaf" bilan uchrashuv juda ham qiyin kechdi. Birinchi bo'limda raqib katta ustunlikka ega bo'ldi. Ular ikkinchi bo'limda charchashini bilar edik. Buni jamoamiz yaxshi his qilib turgandi. Gol urish uchun bor imkoniyatimizni ishga soldik. Menga stadiondagi muhit juda ham yoqdi. Bunday muhitda to'p tepish bizni yanada kuchli qiladi. Maqsadim - ko'proq gol urish. Sizga aytsam, darvozani ishg'ol qilish va jamoamga yordam berishga juda o'chman. 

Ha, jamoaga kelganimga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, tezda moslashib ketdim. Muxlislarga va klubdagilarga menga ishonayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman",- deydi Fortes. 

 Fotograflar muzlab qolgan "Nasaf" - AGMK uchrashuvidan GALEREYA

Coca Cola Superliga. Elvin Fortes ketma-ket ikki turda gol urdi

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia