Goal.com Italiya A seriyasi birinchi davra ramziy terma jamoasiga Ikardini kiritmadi
Narzulla Saydullayev
25 dek 2017
Jahonga mashhur goal.com nashri Italiya A seriyasining birinchi davra ramziy terma jamoasini e'lon qildi.
Ushbu ramziy terma jamoadan "Inter"ning 3 nafar futbolchisi joy oldi. Biroq chempionat to'purari Mauro Ikardi ramziy terma jamoaga sig'may qoldi. Hujumda Ikardidan bitta kam gol urgan "Lacio" vakili Chiro Immobile o'rin olgan.