"Globe Soccer Awards" yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga davogarlar e'lon qilindi - olti karra sovrindor Ronaldu ro'yxatdan joy olmadi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2025
"Globe Soccer Awards" taqdim etadigan "Yilning eng yaxshi futbolchisi" mukofoti uchun nomzodlar ma'lum qilindi.

2025 yilgi ro'yxatga quyidagi nomzodlar kiritildi:

PSJ: Usmrn Dembele, Dezire Due, Ashraf Xakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh, Fabian Ruis, Vitinya
"Manchester Siti": Janluidji Donnarumma, Erling Xoland
"Arsenal": Viktor Dokeresh, Deklan Rays
"Liverpul": Aleksander Isak, Florian Virtc, Moxamed Salax
"Real": Vinisius Junior, Kilian Mbappe
"Bavariya": Xarri Keyn, Maykl Olise
"Barselona": Robert Levandovski, Rafinya Dias, Lamin Yamal, Pedri
"Inter": Lautaro Martines
"Napoli": Skott Maktominey
"Chelsi": Koul Palmer

O'tgan yili sovrin Vinisiusga topshirilgan edi.

Qizig'i shundaki, mazkur mukofotni olti marta qo'lga kiritgan va rekordchi hisoblangan Krishtianu Ronaldu ("Al Nassr") bu yil nomzodlar ro'yxatiga kiritilmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Globe_Soccer