
"Globe Soccer" talqiniga ko'ra "Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Anchelotti ushbu sovrin uchun kurashda Pep Gvardiola (Manchester Siti), Joze Mourinyu (Roma), Stefano Pioli (Milan), Abel Ferreyra (Palmeyras), Renato Gausho (Gremio) va Yurgen Kloppni (Liverpul) ortda qoldirgan
Bundan tashqari, "Real" prezidenti Florentino Peres yilning eng yaxshi prezidenti nominaciyasida tengsiz bo'ldi. Short-listda Paolo Skaroni (Milan), Xaldon al Mubarak (Manchester Siti), Jorje Pintu da Koshta (Portu) va Gerbert Xayner (Bavariya) ham bor edi.
"Real Madrid" klubi yilning eng yaxshi klubi deb topilganini alohida qayd etish joiz.