Glen Jonson: "Koutino o'yinning so'nggi 10 daqiqasida mo'jiza amalga oshirishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
10 avg 2015, 14:16
"Stok Siti" himoyachisi Glen Jonson "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino haqida fikr bildirdi.

"O'yinga tayyorgarlik jarayonida men jamoadoshlarimga Koutinoga ko'proq e'tibor berish kerakligini aytdim. U jahonning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.

Filippe maydondagi kabi kiyinish xonasida ham juda quvnoq. Koutino o'yinning so'nggi 10 daqiqasida mo'jiza amalga oshirishi mumkin" - deydi Glen Jonson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com