

Barcha futbolchilar jamoaga erkin agent sifatida kelib qo'shilishdi. Bular darvozabon Akmal Rahimov, himoyachilar Ahror O'ktamov, Saidjon Topilov, Bobir Amonov, yarim himoyachilar Iskandar Xolmirzaev, Abdulaziz Jo'raev, Azamat Halilov va hujumchi Davron Isoqovdir.
Ma'lumot uchun, "G'ijduvon" birinchi davradan so'ng 8-pog'onani band etib turibdi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda klubga yangi bosh murabbiy tayinlangan edi.



