Giggz: "O'g'limga Messidan tezroq bo'lganimni aytdim"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2016
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rayan Giggz o'g'liga kuchli futbolchi bo'lganini tushuntirish qiyinligini aytdi.

"O'g'lim meni maydonda ko'rmagani juda xafa qilyapti. Uning fikricha, men "Manchester Yunayted"da bir necha yil o'ynaganman va bo'ldi. O'g'limning sevimli futbolchisi Neymar. Keyingilari esa Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi.

Men hech qachon maqtanmaganman, ammo bu safar shunday deyishga to'g'ri keldi: "Men Messidan kuchliroq bo'lganman". U esa: "Men sizdan tezroqman" deyapti. Gollarimni tomosha qil, mana ulardan biri desam o'g'lim xonadan chiqib ketdi" - deydi Giggz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com