

O'zaro o'yinlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Aleksandr Geynrix hisoblanadi. U jami 9 marta namanganliklar darvozasiga gol urgan. Leonid Koshelev esa 7 to'p kiritgan. Shundan 3tasini "Navbahor", 4tasini "Paxtakor" safida kiritgan. Igor Sergeev hozircha bu raqib darvozasini 7 bor ishg'ol qilgan. Dragan Cheran hisobida 5 gol yig'ilib ulgurdi. "Paxtakor"dan Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev va Odil Ahmedov 4tadan to'p kiritgan. "Navbahor"dan Shuhrat Mirxoldirshaev hisobida 4, Oleg Shackix hisobida 3 gol mavjud. Koshelevdan tashqari Vadim Kotelnikov ham har ikki jamoa safida gol urishga erishgan.
"Navbahor" bilan o'zaro o'yinlar to'purarlari
9 - Aleksandr Geynrix
7 - Leonid Koshelev, Igor Sergeev
5 - Dragan Cheran
4 - Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev, Odil Ahmedov, Shuhrat Mirxoldirshaev.
3 - Oleg Shackix.



