Gevorkyan “Qizilqum” mashg'ulotlariga qo'shildi, tarkibda yana bir legioner

19 yanv 2018, 09:42
Yangi mavsumga Navoiyda hozirlik ko'rayotgan “Qizilqum” futbolchilari asosiy e'tiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratmoqda.

Kuni kecha jamoamizning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan yig'inga kelib qo'shildi. Shuningdek, tarkibda yana bir legioner hujumchi – gruziyalik Guja Grigalashvili ko'rikdan o'tmoqda.

Futbolchilarimiz oy oxiriga qadar Navoiyda hozirlik ko'rishadi. So'ngra o'quv-yig'in mashg'ulotlari poytaxtda davom ettiriladi.


"Qizilqum" matbuot xizmati.

Suratda: "Qizilqum" tarkibida ko'rikdan o'tayotgan gruziyalik legioneri Guja Grigalashvili.


Manba: championat.asia