

"Kunya - "Atletiko"ga o'tish yo'lida. Hozir ketayotgan joyiga borish uning xohishi edi. Uni jamoamizda olib qolish imkonsiz bo'ldi", - deydi mutaxassis.
Oldinroq ma'lum bo'lganidek, Mateus Kunya Ispaniya chempioni o'yinchisiga aylanadi. "Matraschilar" futbolchi uchun 26 mln evrodan voz kechishadi. Nemislar braziliyalikning keyingi sotuvidan 10% olishadi.
Mateus Kunya "Gerta"da 2020 yildan beri o'ynamoqda. U barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.



