Germaniyada professional sportchilar uchun vakcina majburiy qilib qo'yilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
19 noya 2021
Germaniyada professional sportchilar uchun koronavirusga qarshi vakcina olish majburiy qilinishi mumkin.

"Mamlakat rahbariyati yig'ilishida biz: "agar muxlislar 2G qoidalariga amal qilishsa, bu professional sportchilarga ham taaluqli bo'lishi kerak degan fikrga keldik. 

Ammo, bunday choralarga haqqimiz bor-yo'qligini yaxshilab ko'rib chiqishimiz kerak. Vazirlar fikri shunday", - dedi Germaniya rasmiylaridan biri.

2G qoidasi Germanining bir qator mintaqalarida amalga kiritilgan. Yani, faqatgina vakcina olgan (geimpft) yoki so'nggi 6 oy ichida koronavirus bilan kasallangan (genesen) insonlargina jamoat joylariga borishi mumkin. Bular qatoriga sport tadbirlari ham kiradi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland