Germaniya va Daniya iyun oyida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishib olishdi

Aslanov Jasurbek
8 dek 2016
Germaniya va Daniya terma jamoalari daniyaliklarning Shvetsiyada o'tgan Evro-1992 g'alabasiga bag'ishlangan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishib olishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bahs 2017 yilning 6 iyunida Kopengagenda bo'lib o'tadi. Nemis jamoasi menejeri Oliver Birxoff ushbu voqea yuzasida izoh berdi.

"Evro-1992 finalidagi mag'lubiyatdan 25 yil o'tib Daniyaga qarshi o'ynash - fantastik imkoniyat. Biz sabrsizlik bilan bu bahsni kutyapmiz" - deydi Birxoff.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com