Germaniya TJ sobiq a'zosi: “Ronaldu ahmoqdek ko'rindi”

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2021
“Liverpul” sobiq a'zosi Ditmar Xamann Evro-2020 2-turidan o'rin olgan Portugaliya – Germaniya (2:4) bahsida Krishtianu Ronalduning Antonio Ryudigerga ishlatgan finti haqida gapirdi.

“Ronaldu – qoyilmaqom futbolchi va uning bu kabi fintlarni qilishga qodirligini barchamiz bilamiz. Biroq, nazarimda u bu harakati bilan raqibini kamsitganga o'xshadi. Ha, Krishtianu Messi bilan bir qatorda eng zo'ri, ammo bu vaziyatda u ahmoqdek ko'rindi. Nemis futbolchilari buni kuzatishdi. Oxir oqibat u nimaga erishdi? Ehtimol, o'sha holat tufayli kambek yuzaga kelgan bo'lishi mumkin”, deydi Xamann.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RTF

O'xshash yangiliklar