Germaniya kubogi. “Borussiya” D va “Ayntraxt” safarda yirik zafar quchishdi

Germaniya kubogi 2-bosqichida “Borussiya” D safarda yirik 5:0 hisobidagi g'alabaga erishdi.

Gonsalo Kastrok, Aleksandr Isak, Mark Bartra, Sindzi Kagava va ukrainalik Andrey Yarmolenkoning gollari dortmundliklarga qiyinchiliksiz keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etdi.

Ushbu o'yin bilan parallel ravishda o'tgan bellashuvlarda “Ayntraxt” va “Ingolshtadt” jamoalari ham safarda g'oliblik nashidasini surashdi.

Germaniya kubogi.

2-bosqich.

Magdeburg -Borussiya D 0:5

Gollar: 0:1 – Kastro – 42, 0:2 – Isak – 47, 0:3 – Yarmolenko – 73 (pen), 0:4 – Bartra – 79, 0:5 – Kagava – 90.


Shvaynfurt 05 -Ayntraxt F 0:4

Gollar: 0:1 – Aller – 14, 0:2 – Aller – 58, 0:3 – Volf – 63, 0:4 – Blum – 85.


Groyter Fyurt- Ingolshtadt 04 1:3

Gollar: 1:0 – Raum – 46, 1:1 – Koen – 48 (pen), 1:2 – Leks – 83, 1:3 – Morales – 87.



Manba: championat.asia