Germaniya kubogi. Amaldagi chempion 3-liga vakiliga mag'lub bo'lib, finaldan mahrum bo'ldi

Khoja
2 apr 2025
Tunda Germaniya kubogining yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Amaldagi chempion Bayer Germaniyaning uchinchi raqamli ligasi Arminiyaga qarshi bahs olib bordi va kutilmaganda 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Germaniya kubogi, 1/2 final

Arminiya – Bayer 2:1

Gollar: Vyorl 20, Groser 45+3 – Ta 17.

Arminiya: Kersken – Shnayder, Russo, Grosser – Gagman, Shrek (Yang, 90+3), Kordoz, Oppi – Bazi, Grodovski (Biankadi, 84), Vyorl

Bayer: Kovarj – Mukiele, Ta, Inkape – Frimpong, Andrix, Djaka, Palasios (Bonifeys, 53), Grimaldo – Adli (Tella, 77), Shik

Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi bugun bo'lib o'tadi. Unda Shtutgart va RB Leyptsig o'zaro bahs olib boradi.







KhojaMuallif
Manba: championat.com