Germaniya chempionati. “Volfsburg” o'z uyida durang bilan cheklandi

Germaniya chempionatining 16-turida “Volfsburg” o'z maydonida “RB Leyptsig” bilan durangga imzo chekdi.

“Folksvagen-Arena” stadionida kechgan bahsning 15-daqiqasida Paul Verxag penaltini aniq amalga oshirib, bo'rilarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim boshida esa mehmonlar himoyachisi Marcel Xalstenberg muvozanatni tikladi.

Ushbu natijadan keyin “Volfsburg” 19 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog'onasini egallab turgan bo'lsa, “RB Leyptsig” 28 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda.

Germaniya chempionati.

16- tur

Volfsburg – RB Leyptsig 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 15, penalti Verxag, 1:1 – 52 Xalstenberg.

Volfsburg – Kastels, Bruks, Uduoxay, Villiam, Gerxardt, Didavi (Osimxen, 89), Arnold, Malli, Gilavogi, Verxag, Gomes (Origi, 67).

RBLeyptsig –Gulachi, Konate, Xalstenberg, Klostermann (Laymer, 82), Upamekano, Kampl (Kayzer, 89), Ilzanker, Keyta, Bruma (Demme, 79), Poulsen, Verner.

Ogohlantirish: Gilavogi (30), Upamekano (58), Ilzanker (60), Didavi (65), Xalstenberg (90).

Chetlatish: Upamekano (90).


Manba: championat.asia