Germaniya chempionati. “Borussiya” D bundesliganing dastlabki to'rtta turida gol o'tkazmadi

Germaniya chempionatining navbatdagi turida “Borussiya” futbolchilari o'z maydonlarida “Keln” klubini (5:0) yirik hisobda mag'lub etdi.

E'tiborli tomoni, dortmundliklar hujumchisi Obameyang bu bahsda ikki daqiqa ichida ikkita gol kiritdi.

Yirik g'alabaga erishgan “Borussiya 2001/2002 yilgi mavsumdan buyon ilk marta Bundesliganing dastlabki to'rt uchrashuvida gol o'tkazmadi. O'sha yili dortmundliklar mavsum yakunida “Bavariya”ni bir ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni tantana qilishgan.

Ayni paytda “Borussiya” 4 turdan keyin raqiblari darvozasiga 10 ta gol urishga erishgan.

Germaniya chempionati

4- tur.

“Borussiya” D – “Keln” 5:0 (2:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 2 Filipp, 2:0 – 45 Papastatopulos, 3:0 – 59, penalti Obameyang, 4:0 – 60 Obameyang, 5:0 – 69 Filipp.

“Borussiya” D – Byurki, Papastatopulos, Zagadu, Pishchek, Toprak, Daud, Shaxin (Vaygl, 67), Yarmolenko (Pulishich, 66), Kastro, Filipp, Obameyang (Isak, 85).

Keln –Xorn, Xorxe Mere, Xorn, Klyunter, Xaync, Risse, Lemann, Xeger (Yoyich, 64), Bitenkur (Coller, 56), Kordoba, Osako (Sorensen, 64).

Ogohlantirish: Lemann (39), Klyunter (59), Kordoba (63).



Manba: championat.asia