Geri Nevill: “MYU” Runi bo'yicha bir fikrga kelishi kerak”

Tolibjon Qosimov
27 avg 2013
“Manchester Yunayted” klubining sobiq sardori Geri Nevill, o'z klubini Ueyn Runining sotilishi bo'yicha qarorini o'zgartirmaslikka chaqirdi.

Runining taqdiri, futbolchini shu yili “MYU”dan ketish niyatini borligini bildirganidan beri so'roq ostida turibdi. Ayni paytda 27-yoshli futbolchi bilan “Chelsi” klubi qiziqib kelmoqda. Kuni kecha OAV chiqqan xabarga ko'ra, “Manchester” “Tottenxem”ga Beyl uchun 60 mln. funt va Runini taklif etgan.

- Odamlar har doim futbolchini ijaraga yoki sotib olish taklifi bilan chiqishadi, shuning uchun bunday masalalar bo'yicha yagona bir qarorga kelish kerak. Agar sen futbolchini sotmaslikka qaror qilgan bo'lsang, unda o'z fikringda qolishing kerak. Agar bitta gap aytib, ikkinchisini qiladigan bo'lsang, unda obro'yingdan va senga bildirilayotgan ishonchdan ayrilib qolishing mumkin. “Manchester Yunayted” aynan shunday yo'l tutuyapti, - Nevillning so'zlarini keltiradi premiershiptalk.com.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru