"Gengam" o'z tarixida ikkinchi marotaba Fransiya kubogini qo'lga kiritdi!
Aziz Tukhtamuradov
4 may 2014
Kecha Fransiya kubogining final bahsi bo'lib o'tdi. Unda "Gengam" jamoasi "Renn"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, "Gengam" o'z tarixida ikkinchi marotaba Fransiya kubogini qo'lga kiritdi. Bungacha jamoa a'zolari 2008/09 yilgi mavsumda kubokni boshlari uzra baland ko'targan edilar.