Genduzi qanday vaziyat uchun sariq oldi?

Eldor Akmurzayev
3 mar 2020
Angliya Kubogining 1/8 finali doirasida kecha bo'lib o'tgan “Portsmut” – “Arsenal” bahsida mehmonlar 2:0 natijasi bilan zafar quchishdi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo'l olishdi.

36-daqiqada uchrashuv hakami Mayk Din “kanonirlar” a'zosi Matteo Genduziga to'pni qo'pollik ishlatilgan joydan kiritishi kerakligini aytdi. 

Genduzi esa to'pni belgilangan nuqtaga o'rnatib, referiga noroziligini bildirgan holda xushtak chalingandan keyin uni o'ta emocional tarzda o'yinga kiritdi. Dinga esa futbolchining bu harakati maqul kelmadi va u Matteoni sariq kartochka bilan siyladi. 



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com