Gasperini, Inzagi va bir qator futbolchilar bir o'yinga chetlatildi

Mirjalol Normatov
23 fev 2021
Bugun tartib-intizom qo'mitasi "Atalanta" ustozi Jan-Pero Gasperini hamda "Benevento" ustozi Filippo Inzagining ishini ko'rib chiqdi.

Ushbu murabbiylar jamoalarining o'yinlari davomida chetlatilgandi. "Football Italia" xabariga ko'ra, ularga 15000 evrodan jarima berilib, bir o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

Shuningdek, 11 futbolchi ham bir o'yinni o'tkazib yuboradi. Ularning orasida Danilo ("Yuventus"), Ashraf Hakimi ("Inter"), Kamil Glik ("Benevento") va Berat Jimsiti ("Atalanta") kabi futbolchilar bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia