Garnacho MYUni tark etadi. Vingerga qaysi klublar qiziqmoqda?

Alisher Ostonov
7 iyun 2025
Alexandro Garnacho "Manchester Yunayted"ni tark etadi.

Futbolchining o'zi ham, klub ham hamkorlikni to'xtatish niyatini tasdiqladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Garnacho uchun faoliyatini APLda davom ettirish jiddiy variant bo'lib qolmoqda - unga Angliyaning uchta klubi katta qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, "Bayer" va Italiya klublari bilan ham aloqalar bo'lgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano