"Gamburg" 129 yoshga to'ldi

Narzulla Saydullayev
29 sen 2016
Germaniyaning "Gamburg" klubi tashkil topganiga 129 yil bo'ldi.

1887 yilda "Germaniya" sport klubi sifatida tashkil topgan jamoa 1919 yildan boshlab "Gamburg" sport klubi deb atalib kelmoqda.

"Gamburg" 6 karra Germaniya chempioni, 3 karra Germaniya kubogi sohibi, 2 karra Germaniya liga kubogi sohibi, 3 karra Germaniya Superkubogi sohibiga aylangan.

1982/1983 yilgi mavsumda klub Yevropa Chempionlar kubogida g'olib bo'lgan. 1976/1977 yilgi mavsumda Yevropa Kubok egalari kubogida zafar quchgan. 1983 yilda Qitalararo kubokda kumush medal sohibiga aylangan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia