"Galatasaroy" himoyachisi kasalligini aytib, Maldivga uchib ketdi

Aslanov Jasurbek
30 dek 2018
"Galatasaroy" himoyachisi Serdar Aziz turk jamoasi rahbariyatini aldashga urindi.

"Sivasspor"ga qarshi Turkiya chempionatining 17-tur o'yini (4:2) oldidan 28 yoshli futbolchi "Galatasaroy" rahbariyatiga oshqozonida muammo borligini aytgan. Shundan so'ng futbolchi davolanish uchun ruxsat so'radi, ammo u davolanish o'rniga xotini bilan Maldivga uchib ketdi. Klubdagilar Aziz aldaganini xotinining "Instagrami"dan bilib qolishdi: U eri bilan tushgan suratni joyladi. Keyinroq "Galatasaroy" rahbariyati Azizni transferga qo'yishga qaror qildi.

Aziz 2016 yildan beri "Galatasaroy"da to'p tepadi. Joriy mavsum u klubning 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun