"Galatasaroy" bugunning o'zida Falkao bilan birga yana uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
3 sen 2019
Monako hujumchisi Radamel Falkao rasman "Galatasaroy" a'zosiga aylandi.

U bilan kelishuv 3 yilga mo'ljallangan. Falkaoning turk klubidagi yillik maoshi esa 5 mln. evroni tashkil qiladi. 

33 yoshli forvard o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 33 o'yin o'tkazib, 15ta gol urdi. Kolumbiyalik hujumchi qizil-oqlar tarkibiga 2013 yili Atletikodan kelib qo'shilgandi. Shu vaqt oralig'ida u Manchester Yunayted hamda Chelsida ijarada o'ynashga ham ulgurdi. 

Shuningdek, bugun Galatasaroy hujumchi Florin Andone (Brayton klubidan o'tgan), xavbek Taylan Antalyali (BB Erzurumspor) hamda yarim himoyachi Mario Leminalar (Sautgempton) bilan shartnoma imzolagani haqida ma'lum qildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/GalatasaraySK