

Manbaning xabariga ko'ra, transfer narxi 22 million evroni tashkil etadi. 26 yoshli braziliyalik yiliga 4,5 million evro maosh bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi.
Vendel 2020 yildan beri "Zenit"da o'ynaydi. U rus jamoasi tarkibida 126ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 29ta assist qayd etdi.
Transfermarkt Vendelni 20 mln evroga baholamoqda. Uning "Zenit" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



