Gadoev va "Muharraq" Qirol kubogi yarim finaliga chiqdi FOTO

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2016
O'zbekistonlik yarim himoyachi Shohruh Gadoev to'p tepayotgan "Muharraq" klubi kecha Bahrayn Qirol kubogi doirasida o'yin o'tkazdi.

"Manama" klubiga qarshi o'ynagan "Muharraq" 6:2 hisobida zafar quchdi va Qirol kubogining yarim finaliga chiqdi. Bu o'yinda Shohruh Gadoev yangi klubi safida debyut qildi.

Ma'lumot uchun, o'tgan yil "Muharraq" kubok yarim finaliga qadar yetib borgandi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia