Gabriel Agbonlaxor APLning ushbu mavsumidagi "provallar" ramziy termasini tuzdi

Mirjalol Normatov
1 iyun 2023
Sobiq futbolchi Gabriel Agbonlaxor APLning ushbu mavsumidagi eng yomon futbolchilari ro'yxatini tuzib chiqdi.

U o'z ramziy termasiga Denni Uord, Yuri Tilemans (ikkisi ham "Lester"), Mark Kukurelya, Mixail Mudrik, Joau Feliks (barchasi  "Chelsi"), Davinson Sanches, Risharlison (ikkisi ham  "Tottenxem"), Fabino ("Liverpul"), Ueston Makkenni ("Lids"), Antoni va Vaut Vegorst (ikkisi ham  "Manchester Yunayted") kabi futbolchilarni kiritdi.

Uning fikriga ko'ra, Mixail Mudrik navbatdagi mavsum APLda o'zini ko'rsatishi mumkin. Ushbu termani sardori esa Risharlison bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal