Gabi: "Serxio Ramosning goli men uchun futboldagi eng og'ir zarba bo'lgan"

Aslanov Jasurbek
20 may 2016
"Atletiko" yarim himoyachisi Gabi Fernandesning so'zlariga ko'ra, u 2013/14 mavsumda "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi finalida og'ir damlarni boshidan o'tkazgan.

"Ular hisobni tenglashtirganida g'alabaga erishish qiyin bo'lishini his qildim, chunki jamoamiz charchab qolgan edi. O'sha uchrashuvdagi jamoadoshlarimning o'yinidan faxrlanaman, ammo biz g'alaba qozona olmadik. Qo'shimcha vaqtda "Real" kuchliroq bo'ldi. Ramosning goli men uchun futboldagi eng og'ir zarba bo'lgan" - deydi Gabi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS