Gabi: “Ayni paytda “Atletiko”ni yakka peshqadamlik qiziqtirmayapti”

“Atlektiko” klubi yarim himoyachisi Gabi Fernandes, jamoadoshlarini va klub muxlislarini, jamoaning so'nggi mag'lubiyatidan ruhan tushkunlikka tushmaslikka chaqirdi, deb xabar beradi ispan OAV.

Diego Simeone shogirdlari chempionatning 9-turidan o'rin olgan “Espanol”ga qarshi o'yinda 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan.

“Ayni paytda bizni musobaqa jadvalidagi yakka peshqadamlik qiziqtirmayapti. Biz faqatgina yaxshilar qatorida bo'lish uchun o'yin olib borayapmiz. Liderlik haqidagi gap-so'zlar esa noo'rin. Albatta mag'lubiyatdan so'ng, bahona qidirish kerak emas, biroq o'yin taqdiri kichik xatolar tufayli salbiy yakun topdi”, - deya ta'kidladi Gabi.


Manba: championat.com