Fyodor Smolov APL klubi taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 21:25
"Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolov Angliya Premer-ligasida ishtirok etuvchi "Suonsi Siti" taklifini qabul qilmadi.

Ingliz klubi "Krasnodar"ga 15 mln. funt taklif qilgan edi, ammo 27 yoshli futbolchi "oqqushlar" safiga o'tishni istamadi.

Oldinroq, Smolovga "Vest Xem" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar e'lon qilingan edi. "Bolg'ali jangchilar" Rossiya terma jamoasi forvardini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. "Krasnodar" esa o'z futbolchisidan kamida 12 mln. funt ishlab olmoqchi.

Joriy mavsum Smolov RFPLning 13ta uchrashuvida maydonga tushib, 10ta gol urdi va 3ta golli pas berdi. Futbolchining shartnomasi 2019 yilning yozigacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail