Futzal. "Sport TV" AGMKning uchinchi o'rin uchun bahsini jonli ko'rsatadi

Tolibjon Qosimov
17 avg 2019
Bugun futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etadi.

AGMK uchinchi o'rin uchun Vetnamning "Tay Son Nam" jamoasi bilan bellashsa, final Eronning "Mes Sungun" va Yaponiyaning "Nagoya Oushens" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi. "Sport" telekanali har ikkala o'yinni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi.

Bugungi uchrashuvda olmaliqliklarga omad tilab qolamiz.


Futzal

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

3-o'rin uchun, 17.08.2019

13:30. AGMK - "Tay Son Nam" LIVE

Final

16:00. "Mes Sungun" - "Nagoya Oushens" LIVE

Eslatib o'tamiz, AGMK vetnamliklar bilan guruh bosqichida ham to'qnash kelgan va o'shanda sharqiy osiyoliklar 4:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia