Futzal. "Paxtakor" va "Bunyodkor"da irodali, "Huaxin-Jizzax"da yirik g'alaba

Aslanov Jasurbek
1 noya 2021
Ayni kunlarda Toshkent shahrida futzal bo'yicha Oliy liganing 2-tur bahslari davom etmoqda.

1 noyabr kuni muxlislar uchta o'yin guvohi bo'lishdi. Uchrashuvlar murosasiz ruhda kechdi. "Paxtakor" va "Bunyodkor" katta qiyinchiliklar evaziga "Neftchi" va "Dinamo"ni mag'lub etgan bo'lsa, "Huaxin-Jizzax" "Stroitel-Zarafshon"ni qiyinchiliksiz taslim etdi.

Oliy liga, 2-tur. Birinchi kun

PAXTAKOR - NEFTCHI 3:2

Gollar: Abubakir Usmon (3), Alisher Ibragimov (7), Feruz Fahriddinov (18) - Ilhom Abduganiev (3), Ulug'bek Abduqodirov (31)

BUNYODKOR - DINAMO 4:3

Gollar: Asilbek Isroilov (8), Mirzohid Haydarxo'jaev (33, 39), Muhammadbobur Rahmonberdiev (40) - Shahram Fahriddinov (14), Samandar Berkinov (23), Muhammad Rajabov (38)

Chetlatish: Ikrom Karimov (Dinamo, o'yindan so'ng)

HUAXIN-JIZZAX - STROITEL-ZARAFSHON 7:0

Gollar: Abbos Elmurodov (3), Davron Choriev (8), Ilhom Hamroev (18), Dilshod Rahmatov (23, 39), Husniddin Nishonov (38), Anasaxon Rahmatov (40)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz