Futzal. Osiyo chempionati taqvimi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
7 dek 2019
2020 yilning 26 fevral – 8 mart kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobodda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Kecha mazkur musobaqaning final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qur'a natijalariga ko'ra, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi "C" guruhidan o'rin oldi. Futzalchilarimizga guruhda Bahrayn, Xitoy hamda Indoneziya terma jamoalari raqiblik qiladi.

Qita futbol konfederatsiyasi futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020ning taqvimini tasdiqladi.

 

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati

C” guruhi

O'zbekiston

Bahrayn

Xitoy

Indoneziya

 

1-tur: 

27 fevral | “Jang sanatlari arenasi”

O'zbekiston – Indoneziya

 

2-tur

29 fevral | “Jang sanatlari arenasi”

Xitoy – O'zbekiston



3-tur

2 mart | “Jang sanatlari arenasi”

O'zbekiston – Bahrayn

 

Chorak final

4 mart | “Jang sanatlari arenasi”

“C” guruhi g'olibi – “D” guruhi 2-o'rin 

“D” guruhi g'olibi – “C” guruhi 2-o'rin 

 

Yarim final

6 mart | “Asosiy usti yopiq arena”

 

Final / 3-o'rin uchun o'yin / 5-o'rin uchun o'yin

8 mart | “Asosiy usti yopiq arena” 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA