Futzal. Osiyo chempionati. O'zbekiston - Kuvayt o'yini g'olibi yarim finalda Yaponiya bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
4 okt 2022
Kuvayt mamlakatida futzal bo'yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Bugundan e'tiboran pley off bosqichi uchrashuvlari start oldi. Kun chiqar yurt vakillari hisoblangan Yaponiya chorak finalda Indoneziyani 3:2 hisobida taslim qildi. Endilikda ular yarim finalda O'zbekiston - Kuvayt uchrashuvi g'olibiga qarshi to'p tepishadi. 

Futzal. Osiyo chempionati. Chorak final

YAPONIYA  - INDONEZIYA 3:2

Gollar: Sora Kanazava, Soma Mizutani, Xigor Pires - Samuel Eko, Deva Rizki

Yaponiya (birinchi beshlik): 1. Xigor Pires, 3. Soma Mizutani, 5. Artur Oliveyra, 6. Tomoki Yoshikava, 9. Neto Antonio Xirata

Zaxira: 2. Gilerme Kuromoto, 4. Ishida Kentaro, 7. Sora Kanazava, 8. Atsuya Uemura, 10. Krepaldi Vinisius, 11. Kazuya Shimicu, 12. Kokora Xarada, 13. Takumi Nagasaka, 14. Shunta Uchimura

Indoneziya (birinchi beshlik): 2. Muhammad Nizar Nayriddin, 4. Moxammad Iqbal Rahmatullax, 5. Deva Rizki Amanda, 11. Firman Adriansiyax, 12. Samuel Eko

Zaxira: 1. Muhammad Nazil Purnama, 3. Muhammad Rizki Xavier, 6. Vendiy Brian Lindrey, 7. Siyauqi Saud, 8. Adriansiyax Nur, 9. Rio Putra, 10. Muhammad Fajrian, 13. Reza Gunavan, 14. Riyan Reynaldi




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia